Close


TALABALAR TURAR JOYI DOIMIY NAZORATGA OLINGAN


 Talabalar turar joyi doimiy nazoratga olingan

Urganch davlat pedagogika instituti Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori U.Xo‘jamurodov hamda Rektor maslahatchisi G‘.Saparovlar tomonidan Talabalar turar joyida istiqomat qilayotgan talabalarning yashash sharoitlari o‘rganildi.

Uchrashuvlar davomida mas’ullar talabalar bilan bevosita muloqot olib borib, ularning taklif va mulohazalarini tingladilar, mavjud masalalar yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi, oshpazlik tanlovi g‘oliblari taqdirlandi. Shuningdek, Talabalar turar joyida yaratilgan sharoitlar, ichki tartib-qoidalarga rioya etilishi ham atroflicha ko‘zdan kechirildi. 

© UrDPI matbuot xizmati

Ulashish: