Close


URGANCH DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTIDA ILMIY SALOHIYAT KO‘RSATKICHLARI IZCHIL OSHIB BORMOQDA


Urganch davlat pedagogika institutida ilmiy salohiyat ko‘rsatkichlari izchil oshib bormoqda

Urganch davlat pedagogika institutida 2023–2025-yillar (dekabr holatiga ko‘ra) davomida ilmiy salohiyat ko‘rsatkichi 12 foizdan 32 foizga yetkazildi. Mazkur davrda institutga 50 nafardan ortiq ilmiy darajaga ega professor-o‘qituvchilar jalb etildi.

Shuningdek, ilmiy-tadqiqot faoliyati natijasida 40 nafar tadqiqotchi PhD hamda 4 nafar tadqiqotchi DSc ilmiy darajalarini muvaffaqiyatli himoya qildi.

Institut tomonidan 2027-yil sentyabr oyiga qadar ilmiy salohiyat ko‘rsatkichini 55 foizga yetkazish strategik maqsad sifatida belgilangan.

© UrDPI matbuot xizmati

Ulashish: