Close


URGANCH DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTIDA DUAL TAʼLIM AMALIYOTI IZCHIL YO‘LGA QO‘YILGAN


Urganch davlat pedagogika institutida dual taʼlim amaliyoti izchil yo‘lga qo‘yilgan

Urganch davlat pedagogika instituti Filologiya fakultetining O‘zbek tili va adabiyoti taʼlim yo‘nalishida tahsil olayotgan 3-bosqich talabalarining amaliyot mashg‘ulotlari umumtaʼlim maktablarida dual taʼlim tizimi asosida tashkil etilmoqda.

Mazkur tizim orqali talabalar dars jarayonlarida bevosita ishtirok etib, o‘z kasbiy bilim va ko‘nikmalarini real taʼlim muhitida mustahkamlash imkoniyatiga ega bo‘lmoqdalar. Amaliy mashg‘ulotlar talabalarning pedagogik mahoratini oshirish, masʼuliyat va tashabbuskorlik sifatlarini rivojlantirish hamda ularni kelgusida kasbiy faoliyatga puxta tayyorlashga xizmat qilmoqda.

 

© UrDPI matbuot xizmati

Ulashish: