Close


URGANCH DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI VA OZARBAYJON TILLAR UNIVERSITETI O‘RTASIDA HAMKORLIK MEMORANDUMI IMZOLANDI


 Xabaringiz bor, Urganch davlat pedagogika institutining Filologiya va san’at fakulteti dekani dots.Z.Adilov, dots. A.Atajonova, PhD. M.Matquliyevalar Ozarbayjonning Baku shahrida  xizmat safarida bo‘lib turibdilar. Ozarbayjon universitetida tashkil qilingan “Haydar Aliyev va turk dunyosi” mavzusidagi xalqaro konferensiyada o‘z ma’ruzalari bilan qatnashdilar va universitet vakillarining e’tirofiga sazovor bo‘ldilar. Endilikda institutimiz vakillari Ozarbayjon Respublikasining yana bir oliy ta’lim muassasasi Ozarbayjon tillar universiteti bilan ham hamkorlik memorandumini imzolashga erishdilar.  Hamkorlikning uzviy davomiy, istiqbolli loyihalari yuzasidan o‘zaro fikrlar almashildi, taklif va mulohazalar o‘rganildi.

    Vakillarimiz Ozarbayjon tillar universitetining “Tillar markazi”da ham bo‘lib, u yerda yaratilgan shart-sharoitlar, imkoniyatlar bilan yaqindan tanishdilar. Tillar kafedralari bilan alohida tanishib chiqdilar, sovg‘a va esdalik kitoblarini qabul qilib oldilar. 

 Ikkala ilm dargohining ham ilm yo‘lidagi hamkorliklariga zafarlar tilab qolamiz!

urspi.uz;URGANCH DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI VA OZARBAYJON TILLAR UNIVERSITETI O‘RTASIDA HAMKORLIK MEMORANDUMI IMZOLANDI

urspi.uz:URGANCH DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI VA OZARBAYJON TILLAR UNIVERSITETI O‘RTASIDA HAMKORLIK MEMORANDUMI IMZOLANDI
   
urspi.uz:URGANCH DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI VA OZARBAYJON TILLAR UNIVERSITETI O‘RTASIDA HAMKORLIK MEMORANDUMI IMZOLANDI

urspi.uz;URGANCH DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI VA OZARBAYJON TILLAR UNIVERSITETI O‘RTASIDA HAMKORLIK MEMORANDUMI IMZOLANDI

UrDPI Matbuot xizmati

Ulashish: