Close


UrDPIDA AHOLI VA QISHLOQ XO‘JALIGINI RO‘YXATGA OLISH TADBIRLARINI TASHKIL ETISHGA QARATILGAN O‘QUV-SEMINAR BO‘LIB O‘TDI


UrDPIda aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbirlarini tashkil etishga qaratilgan o‘quv-seminar bo‘lib o‘tdi

Seminar davomida ishtirokchilarga ro‘yxatga olish jarayonlarini samarali tashkil etish, raqamli texnologiyalardan foydalanish, axborot xavfsizligini ta’minlash hamda tashkiliy masalalar bo‘yicha atroflicha tushuntirishlar berildi.

Mazkur o‘quv-seminarda yoshlar bilan ishlash bo‘yicha mas’ullar, fakultet dekanlari va ularning o‘rinbosarlari, kafedra mudirlari, bo‘lim boshliqlari hamda institut xodimlari faol ishtirok etdilar. Mashg‘ulotlar Kadrlar bo‘limi hamda Raqamli ta’lim texnologiyalari markazi mutaxassislari tomonidan olib borildi.

Ma’lumot uchun, mazkur o‘quv-seminarlar 2026-yil 6–7-yanvar kunlari ham davom etadi. Barcha mas’ullarning faol ishtiroki muhim ahamiyat kasb etadi.

©UrDPI matbuot xizmati

Ulashish: