UrDPIda Prezident Murojaatnomasi mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan o‘quv-seminarlari tashkil etilmoqda
Urganch davlat pedagogika institutida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga yo‘llagan Murojaatnomasining mazmun-mohiyatini keng targ‘ib qilish va amaliyotga tatbiq etish maqsadida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.
Xususan, institutda Murojaatnomada belgilab berilgan ustuvor yo‘nalishlar — ta’lim sifatini oshirish, ilm-fan va innovatsiyalarni rivojlantirish, yoshlar tarbiyasi hamda ma’naviy-ma’rifiy ishlarni yangi bosqichga olib chiqish, professor-o‘qituvchilarning jamiyatdagi o‘rni va mas’uliyatini kuchaytirish masalalariga bag‘ishlangan o‘quv-seminarlari tashkil etildi.
Mazkur tadbirlarda institutning Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori Umar Xo‘jamuratov hamda Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori Diyorjon Abdullayevlar ishtirok etib, Prezident Murojaatnomasida belgilangan vazifalar yuzasidan atroflicha fikr bildirdilar.




©️ UrDPI matbuot xizmati