UrDPIda “14-yanvar — Vatan himoyachilari kuni” munosabati professor-o‘qituvchilar va xodimlar o‘rtasida mini futbol musobaqasi tashkil etildi
Urganch davlat pedagogika instituti Kasaba uyushma qoʻmitasi va Sport klubining tashabbusi bilan “14-yanvar — Vatan himoyachilari kuni” munosabati bilan mini futbol musobaqasi tashkil etildi. Mazkur musobaqada har bir fakultetdan 6 nafardan professor-o‘qituvchilardan iborat jamoalar ishtirok etdi.
Musobaqani Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori Umar Xo‘jamuratov hamda Sport klub raisi oʻrinbosari Sanjar Muratovlar ochib berdilar.
Murosasiz va qiziqarli bahslar ostida kechgan musobaqa natijalariga koʻra quyidagi jamoalar gʻoliblikni qoʻlga kiritdi:
1-o'rin: Ijtimoiy va amaliy fanlar fakulteti;
2-o'rin: Registrator ofisi;
3-o'rin: Boshlang'ich ta'lim fakulteti.
Gʻoliblar bayram munosabati bilan oʻtkaziladigan tadbirda taqdirlanadilar.




©️ UrDPI matbuot xizmati