UrDPIda professor-o‘qituvchilar va xodimlar o‘rtasida voleybol musobaqasi tashkil etildi
Urganch davlat pedagogika institutida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish, jamoada sportga bo‘lgan qiziqishni oshirish hamda hamjihatlik muhitini mustahkamlash maqsadida institut Sport klubi tashabbusi bilan voleybol bo‘yicha musobaqa o‘tkazildi. Unda professor-o‘qituvchilar va xodimlardan tashkil topgan 7 ta jamoa ishtirok etdi.
Musobaqaning ochilish marosimida Jismoniy madaniyat kafedrasi mudiri O‘ktam Matnazarov hamda Sport klubi raisi o‘rinbosari Sanjar Muratov so‘zga chiqib, ishtirokchilarga omad tiladilar va bunday sport tadbirlarining jamoa salomatligi hamda ijtimoiy faollikni oshirishdagi ahamiyatini ta’kidladilar.
Murosasiz va qiziqarli bahslar ostida kechgan musobaqa natijalariga koʻra quyidagi jamoalar gʻoliblikni qoʻlga kiritdi:
1-o'rin: Boshlang'ich ta'lim fakulteti;
2-o'rin: UrDPI akademik litseyi;
3-o'rin: Filologiya fakulteti.




©️ UrDPI matbuot xizmati