Urganch davlat pedagogika institutining Filologiya va san’at fakulteti dekani dots. Z.Adilov, dots. A.Atajonova, PhD. M.Matquliyevalar Ozarbayjon davlat pedagogika universiteti rahbariyati, professor-o‘qituvchilari bilan uchrashdilar.
Shuningdek, suhbat davomida kelgusida kutilayotgan uchrashuv va tashriflar rejalari tuzildi. Ikkala oliy taʼlim muassasasi ham teng huquqlilik va o‘zaro manfaatdorlik asosida ko‘plab akademik sohalarda hamkorlikni rivojlantirishga kelishib oldilar. Xususan, o‘zaro hamkorlikda oliygohlarning ilmiy salohiyatlarini yanada oshirish, tadqiqotchilar va boshqa ma’muriy xodimlar almashinuvi, talabalar, magistrantlar, o‘qituvchilar almashinuvi, qo‘shma ilmiy loyihalarni, stajirovkalarni o‘tkazish, akademik ma’lumotlar va materiallar almashinuvi, o‘zaro kelishuv asosida boshqa ilmiy hamkorliklarni yo‘lga qo‘yish kabi masalalar yuzasidan o‘zaro fikrlar almashildi.
Uchrashuv davomida taklif va mulohazalar o‘rganildi va hamkorlikning ilk samarasi o‘laroq hamkorlik memorandumi imzolandi.
Oliygohlarning xalqaro hamkorliklari va istiqbolli loyihalariga muvaffaqiyatlar tilab qolamiz!!!
Porloq kelajak sari qo‘yilgan yana bir dadil qadaming muborak, Urganch davlat pedagogika instituti!!!



UrDPI Matbuot xizmati