Close


UrDPIDA “MILLIY QADRIYATLAR – MILLAT KO‘ZGUSI” SHIORI OSTIDA TANLOVLAR O‘TKAZILDI


UrDPIda “Milliy qadriyatlar – millat ko‘zgusi” shiori ostida tanlovlar o‘tkazildi

Urganch davlat pedagogika institutida ma’naviy-ma’rifiy va sport tadbirlari rejasi doirasida “Qirq kokilim – ko‘rk kokilim” tanlovi tashkil etildi. Fakultetlarda tahsil olayotgan uzun sochli qizlar o‘rtasida o‘tkazilgan ushbu tanlovda milliy qadriyatlar, xususan, qiz bolaning ziynati sanalgan sochga bo‘lgan ehtirom targ‘ib etildi. 

Shuningdek, “Milliy liboslar dizayneri” tanlovida Filologiya fakulteti 2-bosqich talabasi Hilola Alimova g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. Filologiya fakulteti 242-guruh talabasi Raximova Mushtariy esa milliy qadriyatlarni targ‘ib etuvchi eng yaxshi videorolik muallifi sifatida e’tirof etildi.

© UrDPI matbuot xizmati

Ulashish: