Close


UrDPIDA “TALABA — YUGUR” SPORT MUSOBAQASI G‘OLIBLARI VAUCHERLAR BILAN TAQDIRLANDI


UrDPIda “Talaba — yugur” sport musobaqasi g‘oliblari vaucherlar bilan taqdirlandi

Urganch davlat pedagogika institutida talaba-yoshlarning sportga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirish va sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish maqsadida o‘tkazilgan “Talaba — yugur” ko‘ngillilar yugurish musobaqasi haqiqiy iroda va tezkorlik maydoniga aylandi.

Bugun musobaqaning viloyat hamda institut bosqichlarida faxrli o‘rinlarni egallagan sportchi talabalarimiz munosib taqdirlandilar! 

VILOYAT BOSQICHI G‘OLIBI:
Institutimiz sharafini viloyat miqyosida munosib himoya qilgan talabamiz, 2-o‘rin sohibi:  Yangiboyev Bexruzbek.

 INSTITUT VA KURSLAR KESIMIDA G‘OLIBLARIMIZ:
 O‘g‘il bolalar: 1-o‘rin: Yangiboyev Bexruzbek; 
 2-o‘rin: Raxmanov Shuxrat;  
 3-o‘rin: Bekimbetov Sirojiddin.

 Qiz bolalar:  1-o‘rin: Ro‘zmatova Maftuna; 
 2-o‘rin: Xudarganova Sinora; 
 3-o‘rin: Norimonova Marvarid. 

G‘oliblarga institut rahbariyati tomonidan diplom va vaucherlar topshirildi. Barcha g‘olib va sovrindorlarimizni ushbu yutuq bilan muborakbod etamiz! 

© UrDPI matbuot xizmati

Ulashish: