UrDPI mas'ullari va Fransiyaning “Kokoro Lingua” loyihasi asoschisi o‘rtasida uchrashuv tashkil etildi
Xabaringiz bor, bugun Urganch davlat pedagogika institutiga Fransiyaning “Kokoro Lingua” loyihasi asoschisi Nathalie Lesselin tashrif buyurdi.
Maktabgacha ta’lim tashkilotlari pedagoglari ishtirokidagi seminar-treningdan so‘ng Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor Diyorjon Abdullayev boshchiligidagi mas’ullar hamda “Kokoro Lingua” loyihasi mas’ullari o‘rtasida uchrashuv tashkil etildi.
Uchrashuv davomida mehmon bilan maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarga xorijiy tillarni o‘rgatishda “Kokoro Lingua” metodikasining o‘ziga xos yondashuvlari, innovatsion usullari va pedagogik samaradorligi atroflicha muhokama qilindi. Muzokaralar natijasida institutimizning Maktabgacha ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun xalqaro tajribani o‘rganish maqsadida maxsus vebinar va seminarlar tashkil etish bo‘yicha kelishuvga erishildi.



©️ UrDPI matbuot xizmati