Close


UrDPI MA'SULLARI ISHTIROKIDA “O‘ZBEKISTON – 2030” STRATEGIYASI BO'YICHA TARG'IBOT TADBIRLARI DAVOM ETMOQDA


UrDPI ma'sullari ishtirokida “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi bo'yicha targ'ibot tadbirlari davom etmoqda

Yangiariq tumani “Boyot” mahallasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga Murojaatnomasi hamda “O‘zbekiston – 2030” strategiyasining mazmun-mohiyatini keng jamoatchilikka yetkazishga bag‘ishlangan targ‘ibot tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Mazkur tadbirda tuman hokimi o‘rinbosari J.Ismoilov, Xorijiy filologiya kafedrasi katta o‘qituvchisi G.Eshchonova, Rus tili va adabiyoti kafedrasi o‘qituvchisi R.Saburovlar ishtirok etdilar.

Tadbir davomida so‘zga chiqqanlar Murojaatnomada belgilangan xalqchil islohotlar, “O‘zbekiston – 2030” strategiyasining ustuvor yo‘nalishlari, ta’lim va ijtimoiy sohalardagi tub yangilanishlarning ahamiyati haqida atroflicha ma’lumot berdilar.

© UrDPI matbuot xizmati

Ulashish: