UrDPI ma'sullari ishtirokida “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi bo'yicha targ'ibot tadbirlari davom etmoqda
Hazorasp tumani hokimiyatida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga Murojaatnomasi hamda “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi mazmun-mohiyatini aholiga yetkazishga bag‘ishlangan targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.
Tadbirda Hazorasp tuman hokimi M.Abdullayev, Urganch davlat pedagogika instituti Yoshlar bilan ishlash, ma'naviy va maʼrifiy ishlar boʻyicha birinchi prorektor U.Xo'jamuratov, tuman hokimining o‘rinbosari B.Sobirov, mudofaa ishlari bo'limi boshlig'i G'.Muxammadov, mahalla raislari, nuroniylar, keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.
Shuningdek, yana bir uchrashuv Yangiariq tumani hokimligida boʻlib oʻtdi. Unda Viloyat hokimining xotin-qizlar masalasi boʻyicha oʻrinbosari N.M.Qutlimurodova, Yangiariq tuman hokimi R.R.Jumaniyozov, tuman hokimi o‘rinbosari A.U.Karimov, Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi Yangiariq tuman bo`linmasi rahbari I.Ortiqov, Urganch davlat pedagogika instituti Boshlang'ich ta'lim fakulteti dekani, dotsent D.Nafasov hamda Rus tili va adabiyoti kafedrasi oʻqituvchisi R.Saburov, mahalla nuroniylari va pofilaktika inspektorlari ishtirok etdi.
Uchrashuvlarda Murojaatnomada belgilangan ustuvor vazifalar, islohotlarning mazmuni va “O‘zbekiston – 2030” strategiyasining ahamiyati haqida so‘z yuritildi.



©️ UrDPI matbuot xizmati