Close


UrDPI TALABALARI “BIMO-2026” VA “BICHO-2026” XALQARO OLIMPIADALARIDA 6 TA BRONZA MEDALINI QO‘LGA KIRITDI


UrDPI talabalari “BIMO-2026” va “BICHO-2026” xalqaro olimpiadalarida 6 ta bronza medalini qo‘lga kiritdi

Joriy yilning 25–29-yanvar kunlari Buxoro davlat universitetida bo‘lib o‘tgan “BIMO-2026” (Bukhara International Mathematics Olympiad) hamda “BICHO-2026” xalqaro matematika va kimyo fan olimpiadalarida Urganch davlat pedagogika instituti talabalari munosib ishtirok etib, yuqori natijalarga erishdilar.

Nufuzli xalqaro musobaqa yakunlariga ko‘ra, UrDPI talabalari 6 ta bronza medalini qo‘lga kiritib, institutimiz nufuzini xalqaro miqyosda yana bir bor munosib namoyon etdilar.

Xususan, olimpiadaning individual bosqichida 3-o‘rinni egallab, quyidagi talabalarimiz bronza medali sohiblari bo‘lishdi:
 Hayitboyeva Hayriniso — 2-bosqich, 241-guruh, matematika yo‘nalishi
 Qurbonova Nilufar — 2-bosqich, 241-guruh, matematika yo‘nalishi
 Yaqubova Muxlisa — 2-bosqich, 241-guruh, matematika yo‘nalishi
 Iskandarov Ruslanbek — 3-bosqich, matematika va informatika yo‘nalishi
 Yuldasheva Zulayxo — 2-bosqich, 241-guruh, kimyo yo‘nalishi
 Masharipov Zafarbek — 1-bosqich, 251-guruh, kimyo yo‘nalishi

Jamoamiz nomidan g‘olib talabalarimizni samimiy tabriklab, kelgusidagi ilmiy va ijodiy faoliyatlarida ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz!

© UrDPI matbuot xizmati

Ulashish: