Close


REKTOR DOKTORANTLAR BILAN UCHRASHDI


Rektor doktorantlar bilan uchrashdi

Bugun Urganch davlat pedagogika instituti rektori Feruza Madraximova doktorantlar bilan uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuv davomida rektor bugungi kunda Davlatimiz rahbari tomonidan ilm ahliga yaratilgan shart-sharoitlar va bundan oqilona foydalanish, ilmiy tadqiqot samaradorligini oshirish ishlari xususida to’xtalib o’tdi.

Shuningdek, rektor institut tomonidan doktorant va tadqiqotchilarning ilmiy faoliyatini doimo qo‘llab-quvvatlanishini bildirdi. Doktorantlar o’z dissertatsiya ishlarini belgilangan muddatlarda yakunlashlari va ilmiy tadqiqotlarni samarali olib borish haqida tavsiyalar berildi. 

©️ UrDPI matbuot xizmati

 

Ulashish: