Close


PEDAGOGIKA OTMLARI FAOLIYATIGA XALQARO TA’LIM DASTURLARINI JORIY ETISH BO’YICHA SEMINAR O’TKAZILDI


Pedagogika OTMlari faoliyatiga xalqaro ta’lim dasturlarini joriy etish bo’yicha seminar o’tkazildi

Bugun Toshkent shahrida pedagogik OTMlar rektorlari, transformatsiyaga mas’ul prorektorlar va soha xodimlari ishtirokida “Pedagogika oliy ta’lim tashkilotlari faoliyatiga xalqaro ta’lim dasturlarini joriy etish” mavzusida amaliy seminar-trening bo‘lib o‘tdi. 

Xususan, seminarda Urganch davlat pedagogika instituti rektori, O‘quv ishlari bo‘yicha prorektori, Aniq va tabiiy fanlar fakulteti dekani, shuningdek, Maktabgacha ta’lim hamda Matematika va informatika kafedralari mudirlari ishtirok etdilar.

Mazkur tadbirda oliy ta’lim tizimiga ilg‘or xalqaro ta’lim dasturlarini keng tadbiq etish, bu borada amalga oshirilayotgan tizimli chora-tadbirlar, istiqboldagi rejalar hamda sohada uchrayotgan dolzarb muammolar va ularning yechimlari atroflicha muhokama qilindi.

Seminarda Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri o‘rinbosari A.Turdiyev O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 28-apreldagi “Pedagog kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni ijrosi hamda oldinda turgan muhim strategik vazifalar haqida to‘xtalib o‘tdi.

© UrDPI matbuot xizmati

Ulashish: