Close


UrDPI TALABALARIGA TURKIYANING BARTIN UNIVERSITETI PROFESSORI DARS BERMOQDA


UrDPI talabalariga Turkiyaning Bartin universiteti professori dars bermoqda

Urganch davlat pedagogika institutida xalqaro hamkorlik aloqalari doirasida xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan samarali aloqalar yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, ushbu hamkorliklar asosida institut talabalari uchun ko‘plab xorijlik professor-o‘qituvchilar tomonidan o‘quv mashg‘ulotlari tashkil etib kelinmoqda.

Xususan, Xorijiy filologiya kafedrasida Xorijiy til va adabiyoti (ingliz tili) ta’lim yo‘nalishi 3-bosqich talabalari uchun Turkiyaning Bartin universiteti professori Neslihan Köse tomonidan “Ingliz tilini o‘qitishda innovatsion pedagogik texnologiyalar” fanidan amaliy dars mashg‘ulotlari olib borilmoqda, shuningdek, mazkur yo‘nalishda uchrashuvlar tashkil etilmoqda.

Mashg‘ulotlar davomida ingliz tilini o‘qitishda qo‘llanilayotgan zamonaviy metodlar hamda innovatsion pedagogik texnologiyalar bo‘yicha muhim ma’lumotlar berilib, yangi bilimlar talabalar tomonidan katta qiziqish bilan qabul qilinmoqda.

© UrDPI matbuot xizmati

Ulashish: