Close


UrDPIDA OZARBAYJON DELEGATSIYASI BILAN UCHRASHUV BO‘LIB O‘TDI


UrDPIda Ozarbayjon delegatsiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Urganch davlat pedagogika instituti rektori Feruza Madraximova Ozarbayjon delegatsiyasi vakillarini qabul qildi. 

Uchrashuvda Ozarbayjon Respublikasi Milliy Majlisi deputati Nagif Hamzayev, Ozarbayjon Fan va ta’lim vazirligi mas’ul xodimi Ayten Karayeva, Ozarbayjon Milliy Fanlar Akademiyasi huzuridagi Falsafa va sotsiologiya instituti katta ilmiy xodimi Ferahila Babayeva-Shukurova, BZT Turon akademiyasi direktori Niyamaddin Shukurovlar ishtirok etdi.

Uchrashuvda o‘zaro hamkorlikni rivojlantirish, ilmiy-akademik aloqalarni kengaytirish hamda xalqaro ilmiy-madaniy tadbirlarni tashkil etish bo‘yicha kelgusidagi rejalar yuzasidan fikr almashdilar.

© UrDPI matbuot xizmati

Ulashish: