Close


UrDPI TALABALARIGA OZARBAYJONLIK PROFESSOR DARS BERMOQDA


UrDPI talabalariga ozarbayjonlik professor dars bermoqda

Urganch davlat pedagogika institutida xalqaro hamkorlik aloqalari doirasida xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan samarali hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan. Ushbu hamkorliklar asosida institut talabalari uchun xorijiy professor-o‘qituvchilar tomonidan o‘quv mashg‘ulotlari tashkil etilmoqda.

Xususan, Pedagogika va psixologiya kafedrasida pedagogika ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun Ozarbayjon Respublikasi Fan va ta’lim vazirligi mas’ul xodimi Ayten Qarayeva tomonidan “Inklyuziv ta’lim va gospital pedagogika” fanidan amaliy dars mashg‘ulotlari olib borilmoqda.

Mashg‘ulotlar jarayonida inklyuziv ta’limda qo‘llanilayotgan zamonaviy metodlar, innovatsion pedagogik texnologiyalar bo‘yicha muhim ma’lumotlar berilib, darslar talabalar tomonidan katta qiziqish bilan qabul qilinmoqda.

© UrDPI matbuot xizmati

Ulashish: