Close


UrDPIDA ZAHIRIDDIN MUHAMMAD BOBUR TAVALLUDINING 543 YILLIGI MUNOSABATI BILAN MA’NAVIY-MA’RIFIY TADBIR O‘TKAZILDI


UrDPIda Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 543 yilligi munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi

Boshlang‘ich ta’lim fakultetining tashabbusi bilan tashkil etilgan mazkur tadbirni Yoshlar bilan ishlash va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori U. Xojamuratov hamda Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori D.Abdullayev kirish so‘zi bilan ochib berdilar.

So‘zga chiqqanlar Bobur merosining yoshlar tarbiyasidagi o‘rni, uning boy adabiy va tarixiy merosi, shuningdek, buyuk ajdodimizning jasorati va ma’rifatparvarlik faoliyati haqida atroflicha fikr bildirdilar. 

Tadbir davomida Bobur g‘azallari asosida ijro etilgan kuy-qo‘shiqlar, shuningdek, ijodkor asarlarida aks etgan yuksak fazilatlarni ifodalovchi sahnaviy chiqishlar namoyish etildi. Talabalar tomonidan tayyorlangan badiiy kompozitsiyalar tadbirga alohida ruh va ko‘tarinkilik bag‘ishladi.

© UrDPI matbuot xizmati

Ulashish: