Bitiruvchilar va biriktirilgan yoshlar bandligini ta’minlash bo’yicha yig‘ilish o’tkazildi
Bugun, 16-fevral kuni, Urganch davlat pedagogika instituti rektori Feruza Madraximova rahbarligida o‘tkazilgan mazkur yig‘ilishda institutning 2025-2026-yillardagi bitiruvchilarining mehnat bozoriga integratsiyalashuvi, ularning mutaxassisligi bo‘yicha ish bilan ta’minlanish bo’yicha amalga oshiriladigan ishlar muhokama qilindi.
Yig‘ilish davomida mas’ul rahbarlar va tegishli bo‘lim vakillarining axborotlari tinglanib, ish beruvchi tashkilotlar bilan hamkorlikni yanada kuchaytirish bo‘yicha aniq vazifalar belgilab olindi. Manzilli ishlash, bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkalarini tashkil etish hamda monitoring ishlarini tizimli yo‘lga qo‘yish yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.
Shuningdek, institut rahbarlariga mahallalardan biriktirilgan yoshlar bandligi masalalari muhoka qilindi va tegishli vazifalar belgilandi.




©️ UrDPI matbuot xizmati