Close


UrDPI O‘QITUVCHISI HINDISTON XALQARO ITEC DASTURI G‘OLIBI BO‘LDI


UrDPI o‘qituvchisi Hindiston xalqaro  ITEC  dasturi g‘olibi bo‘ldi 

Urganch davlat pedagogika instituti Xorijiy filologiya kafedrasi o‘qituvchisi Matkarimova Shoxista Hindiston Respublikasi hukumati tomonidan tashkil etiladigan ITEC – International Training Programme on Gender Issues in the World of Work xalqaro o‘quv dasturida tanlov asosida g‘olib bo‘ldi. 

Ushbu yutuq institutimiz professor-o‘qituvchilarining xalqaro maydondagi faolligi va ilmiy salohiyatining yana bir yorqin namunasidir.

Ma’lumot uchun, mazkur kurs doirasida tinglovchilarning o‘qishi, ilmiy tadqiqot olib borishi hamda safar va yashash bilan bog‘liq barcha xarajatlari to‘liq qoplanadi. Shuningdek, ishtirokchilarga stipendiya ajratiladi.

©️ UrDPI matbuot xizmati

Ulashish: