Close


REKTOR BITIRUVCHI TALABALAR BILAN UCHRASHDI


Rektor bitiruvchi talabalar bilan uchrashdi

Bugun, 25-fevral kuni Urganch davlat pedagogika instituti rektori Feruza Madraximova bitiruvchi kurs talabalari bilan uchrashdi. Uchrashuv davomida rektor kuni kecha bo’lib o’tgan Prezidentimizning yoshlar bilan muloqotida belgilangan ustuvor vazifalar bo’yicha bitiruvchilar bilan fikr almashdi. 

Xususan, yoshlarning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash va ularning bandligini ta’minlash bo’yicha natijadorlikka asoslangan yangicha yondashuv boshlanganligini ta’kidlab o’tdi. “Kelajakka qadam” dasturi bo’yicha ajratiladigan kreditlar imkoniyatlarining kengayganligi, dual ta’lim tizimiga e’tiborni kuchaytirish masalalari hamda startap loyihalarida ishtirok etish bo’yicha yaratilgan imkoniyatlar xususida tushuntirishlar berildi. Yakunda bitiruvchilarning fikr-mulohazalari va takliflari eshitildi.

© UrDPI matbuot xizmati

Ulashish: