Close


HOKIMNING “YOSHLAR KUNI”DAGI DASTLABKI UCHRASHUVI URDPI TALABALARI BILAN O’TKAZILDI


Hokimning “Yoshlar kuni”dagi dastlabki uchrashuvi UrDPI talabalari bilan o’tkazildi

Bugun, haftaning payshanba kuni “Yoshlar kuni” doirasida Xorazm viloyati hokimi Jo‘rabek Raximovning dastlabki uchrashuvi Urganch davlat pedagogika instituti talabalari bilan o‘tkazildi.

Hokim yoshlar uchun yaratilayotgan yangi imkoniyatlar, imtiyozlar haqida batafsil ma’lumot berdi, uchrashuv qatnashchilarining taklif va tashabbuslarini tinglab, qo‘llab-quvvatladi hamda amaliy yordam berish chora-tadbirlari belgilandi.

Ma’lumot uchun, 24-fevral kuni hurmatli Prezidentimiz yoshlar bilan uchrashuvida mamlakatimizda har haftaning payshanba kuni vazirlik, idora va hokimliklarda “Yoshlar kuni” bo‘lishini e’lon qilgan edi.

© UrDPI matbuot xizmati

Ulashish: