Close


UrDPI TALABASI BOKS BOʻYICHA JAHON TURNIRIDA KUMUSH MEDAL SOHIBASI BOʻLDI!


UrDPI talabasi boks boʻyicha jahon turnirida kumush medal sohibasi boʻldi!

Ayollar oʻrtasidagi Bolgariyaning Sofiya shahrida boks boʻyicha “Strandja” turnirida gʻolib va sovrindorlar aniqlandi.

Quvonarlisi, mazkur turnirda Urganch davlat pedagogika instituti talabasi Oltinoy Sotimboyeva kumush medalini qo‘lga kiritdi.

Yurtimiz faxri boʻlgan talabamizni ushbu e’tirof bilan samimiy muborakbod qilamiz! Xalqaro maydonlarda yurtimiz sharafini munosib himoya qilib kelayotgan sportchilarimiz bilan faxrlanamiz!

© UrDPI matbuot xizmati

Ulashish: