Close


URGANCH DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI VAKILLARI V.N.TATISHEV NOMIDAGI ASTRAXAN DAVLAT UNIVERSITETIDAGI “KASBIY-2023” XALQARO KONFERENSIYADA ISHTIROK QILMOQDALAR


 Xabaringiz bor, V.N. Tatishev nomidagi Astraxan davlat universiteti rektori  K.A.Markelov va Urganch davlat pedagogika instituti rektori v.v.b. J.R.Yarmetov tomonidan hamkorlik shartnomasi imzolangan edi. 

    Tomonlar o‘rtasida o‘zaro manfaatli sohalarda hamkorlikni yo‘lga qo‘yish mazkur memorandumning asosiy maqsadi hisoblanib, hamkorlik natijasi o‘laroq hozirda Urganch davlat pedagogika instituti Ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘limi boshlig‘i Xudaybergan Bekchanov hamda O‘quv-uslubiy bo‘limi boshlig‘i Xasanboy Siddiqovlar Astraxanda xizmat safarida bo‘lib, “Kasbiy-2023” xalqaro konferensiyada ishtirok qilmoqdalar.

    “Kasbiy-2023” xalqaro konferensiyasi bir qancha seminarlarni o‘z ichiga qamrab olgan bo‘lib, hozirda forum a’zolari “Kaspiy mintaqasini barqaror rivojlantirishning yangi imkoniyatlari va ustuvor yo‘nalishlari" xalqaro seminarida ishtirok etmoqdalar.

     Xalqaro konferensiya doirasida Kasbiy bo‘yi mamlakatlaridan ikki yuzdan ortiq oliygoh olimlari ishtirok qilmoqda hamda konferensiya 29-31-may kunlari bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan. 

    Ta’kidlash lozimki, hamkorlikning turli shakllarini yo‘lga qo‘yish orqali tomonlarning aloqalarini yanada rivojlantirish, kengaytirish va mustahkamlash nazarda tutilmoqda.

Ikkala oliy ta’lim muassasasining bundan keyingi hamkorliklariga ham muvaffaqiyatlar tilab qolamiz! urspi.uz; URGANCH DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI VAKILLARI V.N.TATISHEV NOMIDAGI ASTRAXAN DAVLAT UNIVERSITETIDAGI “KASBIY-2023” XALQARO KONFERENSIYADA ISHTIROK QILMOQDALAR

urspi.uz; URGANCH DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI VAKILLARI V.N.TATISHEV NOMIDAGI ASTRAXAN DAVLAT UNIVERSITETIDAGI “KASBIY-2023” XALQARO KONFERENSIYADA ISHTIROK QILMOQDALAR

urspi.uz; URGANCH DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI VAKILLARI V.N.TATISHEV NOMIDAGI ASTRAXAN DAVLAT UNIVERSITETIDAGI “KASBIY-2023” XALQARO KONFERENSIYADA ISHTIROK QILMOQDALAR

UrDPI Matbuot xizmati

Ulashish: