Close


Boshlang'ich ta'lim fakultetida "Harbiy vatanparvarlik karvoni" loyihasi bo'lib o'tdi.


Boshlang'ich ta'lim fakulteti tyutorlari va talaba-yoshlari Urganch shahridagi  53008-sonli harbiy qismda  “Harbiy vatanparvarlik karvoni” shiori ostida tashkil etilgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirda ishtirok etdilar.

Tadbir doirasida harbiy qism  xizmatchisi A. Zokirov boshchiligida “Millat fidoyilari” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi. Suhbat davomida talaba-yoshlarga Vatanga sadoqat, harbiy xizmatning ahamiyati hamda milliy armiyaning jamiyatdagi o‘rni haqida atroflicha ma’lumotlar berildi.

Ulashish: