URGANCH DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTIDA “TEXNOLOGIK TA’LIM YO‘NALISHI MUTAXASSISLIK FANLARINI O‘QITISHDA ZAMONAVIY YONDASHUVLAR: DOLZARB MASALALAR, MUAMMO VA YECHIMLAR” MAVZUSIDA RESPUBLIKA ILMIY KONFERENSIYASI BO‘LIB O‘TDI
Urganch davlat pedagogika institutida “Texnologik ta’lim yo‘nalishi mutaxassislik fanlarini o‘qitishda zamonaviy yondashuvlar: dolzarb masalalar, muammo va yechimlar” mavzusida respublika ilmiy konferensiyasi bo‘lib o‘tdi
Mazkur anjumanni Urganch davlat pedagogika instituti rektori, professor Feruza Madraximova ochib berdi. Konferensiyada Qoraqalpoq davlat universiteti, Buxoro davlat pedagogika instituti, ISFT instituti, Urganch innovatsion universiteti hamda respublikamizning bir qator oliy ta’lim muassasidan professor-o‘qituvchilar, doktorantlar va mustaqil izlanuvchilar onlayn va oflayn tarzda ishtirok qildilar.



©️ UrDPI matbuot xizmati