UrDPI talabalari bilan “Yoshlar kuni” doirasida rahbarlarning uchrashuvlari davom etmoqda
Bugun, 12-mart kuni, Urganch davlat pedagogika institutida O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi Pedagog kadrlarni tayyorlash va kasbiy rivojlantirish boshqarmasi boshlig’i Husanboy G’aniyev ishtirokida talaba-yoshlar bilan ochiq muloqot tashkil etildi.
Uchrashuvni institut rektori Feruza Madraximova kirish so‘zi bilan ochib berdi.
Tadbir davomida mamlakatimizda ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar, pedagog kadrlar tayyorlash sifatini oshirish borasida fikr-mulohazalar bildirildi. Shuningdek, bo‘lajak pedagoglar oldida turgan muhim vazifalar, zamonaviy bilim va ko‘nikmalarni egallash zarurati hamda kasbiy mahoratni muntazam oshirib borish masalalariga alohida to‘xtalib o‘tildi.
Muloqot davomida talabalar o‘z taklif va mulohazalarini bildirib, o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.



©️ UrDPI matbuot xizmati