Close


Boshlang‘ich ta’lim fakultetida 8-mart — Xotin-qizlar bayrami munosabati bilan sahar tongdan bayramona kayfiyatda tadbir bo'lib o'tdi.


Fakultetda faoliyat olib borayotgan ayol ustozlar, xodimalar hamda talaba-qizlar alohida ehtirom va hurmat bilan kutib olindi. Tong saharda ularga samimiy tilaklar bildirilib, gullar va ezgu so‘zlar bilan bayramona muhit yaratildi. Ayollarga bo‘lgan hurmat va e’tibor, ularning jamiyatdagi o‘rni naqadar muhim ekanini yana bir bor namoyon etdi.
Ayol – mehr va sadoqat timsoli, oilaning tayanchi, jamiyatning bezagidir. Shu bois ushbu muborak kunda barcha ayollarga chuqur ehtirom ko‘rsatilib, ularning fidokorona mehnati va mehribonligi alohida e’tirof etildi.

Ulashish: