URGANCH DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI BINOLARIGA QUVVATI 100 KVT/SOAT BO‘LGAN, HAR BIRI 0.55 KVT/SOAT ELEKTR ENERGIYASI ISHLAB CHIQARISHGA MO‘LJALLANGAN 182 DONA QUYOSH PANELLARI O‘RNATILDI
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 16-fevraldagi “2023-yilda qayta tiklanuvchi energiya manbalarini va energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etishni jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-57-son qarori hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2023-yil 25-fevraldagi 8-sonli bayoni ijrosini ta’minlash maqsadida Urganch davlat pedagogika institutining ikkinchi va uchinchi o‘quv binolari tom qismiga quyosh panellari o‘rnatildi.
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining Davlat oliy ta’lim muassasalariga 2023-yilda quyosh panellarini o‘rnatish dasturiga asosan institutning budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan 100 kVt/soat quyosh panellarini 2023-yilning II-choragida o‘rnatish belgilangan edi va bugungi kunda reja o‘z vaqtida to‘liq bajarildi.
Hozirda “O‘zenergoinspeksiya” Xorazm hududiy bo‘limi tomonidan elektr tarmoqlariga ulanish uchun texnik shart olindi. Ushbu texnik shart asosida loyiha-smeta hujjatlarida belgilangan tartibda quvvati 100 kVt/soat bo‘lgan, har biri 0.55 kVt/soat elektr energiyasi ishlab chiqarishga mo‘ljallangan 182 dona quyosh panellari hamda 550 kVt kuchlanishga mo‘ljallangan invertor qurilmalari ishchi holatga keltirildi hamda o‘rnatilgan quyosh panellari Bojxona qo‘mitasining “Yashil energiya” platformasiga kiritildi.
Ushbu qurilma hozirgi kunda Xorazm viloyati hududiy elektr tarmoqlari elektr liniyasi tizimiga ulangan.
O‘rnatilgan 100 kVt/s quyosh panellari institutga zarur bo‘lgan elektr energiyasini 100 foizga qoplagan holda, ortiqcha ishlab chiqarilgan elektr energiyasini davlatga sotish imkoniyatini ham beradi.