Close


UrDPIDA SOHA PROREKTORLARI VA AKADEMIK LITSEY BITIRUVCHILARINING OCHIQ MULOQOTI TASHKIL ETILDI


UrDPIda soha prorektorlari va akademik litsey bitiruvchilarining ochiq muloqoti tashkil etildi 

Urganch davlat pedagogika institutida akademik litsey bitiruvchilari bilan ochiq muloqot uchrashuvi tashkil etildi. Unda institutning soha prorektorlari ishtirok etib, yoshlarga oliy ta’lim tizimidagi yangiliklar, institutda mavjud ta’lim yo‘nalishlari hamda qabul jarayonining muhim jihatlari haqida batafsil ma’lumot berdilar.

Uchrashuv davomida bitiruvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar, shuningdek, institutda talaba-yoshlar uchun yaratilgan zamonaviy shart-sharoitlar, ta’lim sifati hamda ilmiy va ijodiy faoliyatni qo‘llab-quvvatlash imkoniyatlari haqida ham atroflicha tanishtirildi.

© UrDPI matbuot xizmati

Ulashish: