Close


VAZIR O‘RINBOSARI UrDPINING BIR GURUH IQTIDORLI YOSHLARI BILAN UCHRASHDI


Vazir o‘rinbosari UrDPIning bir guruh iqtidorli yoshlari bilan uchrashdi

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi o‘rinbosari Sardor Rajabov Urganch davlat pedagogika institutida talabalar uchun yaratilgan zamonaviy shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishgach,  institutning bir guruh iqtidorli yoshlari bilan uchrashuv o‘tkazdi. 

Uchrashuv davomida mamlakatimizda ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar, pedagog kadrlar tayyorlash sifatini yanada oshirish, o‘qituvchilik kasbining jamiyatdagi o‘rni va mas’uliyati haqida atroflicha fikr yuritildi. Shuningdek, bo‘lajak pedagoglar oldida turgan muhim vazifalar, zamonaviy bilim va ko‘nikmalarni egallash zarurati hamda kasbiy mahoratni muntazam oshirib borish masalalariga alohida to‘xtalib o‘tildi.

Ochiq muloqot tarzida o‘tgan uchrashuv davomida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar oldilar. 

©️ UrDPI matbuot xizmati

Ulashish: