Close
Skip to main content


UrDPIda “OCHIQ ESHIKLAR KUNI” O‘TKAZILDI


UrDPIda “Ochiq eshiklar kuni” o‘tkazildi

Urganch davlat pedagogika institutida akademik litsey o‘quvchilari ishtirokida an’anaviy “Ochiq eshiklar kuni” tashkil etildi. Tadbir yoshlarni oliy ta’lim muhitiga yaqindan jalb etish, ularning kasb tanlashdagi qarorlariga ko‘maklashish maqsadida o‘tkazildi.

Tadbir davomida institutning o‘quv-uslubiy boshqarma xodimlari tomonidan ishtirokchilarga mavjud ta’lim yo‘nalishlari, qabul jarayonidagi yangiliklar, shuningdek, talabalar uchun yaratilgan zamonaviy imkoniyat va qulayliklar haqida batafsil ma’lumotlar taqdim etildi.

Mehmonlar institutdagi o‘quv auditoriyalari, zamonaviy laboratoriyalar faoliyati bilan yaqindan tanishtirildi.

Shuningdek, professor-o‘qituvchilar tomonidan treninglar tashkil etilib, ta’lim jarayonini yanada samarali yo‘lga qo‘yish hamda kelgusidagi hamkorlik istiqbollari yuzasidan fikr almashildi.

© UrDPI matbuot xizmati

Ulashish: