Close


URGANCH DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTIDA “NAVRO‘ZNI ULUG‘LASH — INSONNI ULUG‘LASHDIR!” SHIORI OSTIDA BAYRAM SAYLI KO‘TARINKI RUHDA BO‘LIB O‘TDI


Urganch davlat pedagogika institutida “Navro‘zni ulug‘lash — insonni ulug‘lashdir!” shiori ostida bayram sayli ko‘tarinki ruhda bo‘lib o‘tdi

🇺🇿🇹🇷 Turkiya Respublikasining Xatay viloyatidan 150 nafardan ortiq delegatsiya vakillari Urganch davlat pedagogika institutida tashkil etilgan Navro‘z saylida faxriy mehmon sifatida ishtirok etdi.

Xorijlik va mahalliy mehmonlar uchun tashkil etilgan mazkur tadbirda viloyat hokimi oʻrinbosari Nigora Qutlimuratova, Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti rektori, viloyatdagi oliy ta’lim muassasalarida Navro‘z bayram tantanalarini yuqori saviyada tashkil etish uchun mas’ul rahbar Feruza Madraximova, institut rektori v.b. Diyorjon Abdullayev va bir qator mas’ullar ishtirokida mehmonlar sayl doirasida o‘zbek xalqining boy milliy qadriyatlari, urf-odat va an’analari bilan yaqindan tanishdi.

© UrDPI matbuot xizmati

Ulashish: