URGANCH DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI, ABU RAYHON BERUNIY NOMIDAGI URGANCH DAVLAT UNIVERSITETI VA “TURK ELI” XALQARO TASHKILOTI HAMKORLIGIDA OʻTKAZILAYOTGAN “INNOVATSIYALAR DAVRIDA TURKIY MADANIY HAMKORLIK: RAQAMLI PLATFORMALAR VA ILMIY ALMASHINUVLAR" MAVZUSIDAGI XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA BO’LIB O’TDI.
Urganch davlat pedagogika instituti, Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti va “Turk eli” xalqaro tashkiloti hamkorligida oʻtkazilayotgan “Innovatsiyalar davrida turkiy madaniy hamkorlik: raqamli platformalar va ilmiy almashinuvlar" mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo'lib o'tdi.
Konferensiya Urganch davlat pedagogika instituti rektori v.b. Diyorjon Abdullayev moderatorligida o‘tkazildi. Dastlab, Xorazm viloyati hokimi o‘rinbosari Nigora Kutlimuratova kirish so‘zi bilan ochib berib, anjuman ishtirokchilariga muvaffaqiyat tiladi.
Konferensiya davomida Urganch davlat universiteti rektori Feruza Madraximova tabrik so‘ziga chiqib, o‘z nutqida qardosh turkiy xalqlar o‘rtasidagi madaniy aloqalar tobora mustahkamlanib borayotganini alohida ta’kidlab, bunday nufuzli anjumanlarning ilm-fan va ta’lim rivojidagi ahamiyatiga to‘xtaldi.
Shuningdek, tadbirda “Turk eli” xalqaro tashkiloti rahbari Sarvar Ispaxi hamda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Xorazm viloyati bo‘limi rahbari Bekzod Abdirimov ham konferensiya doirasida fikr-mulohazalarini bildirdilar.
Xalqaro ilmiy-amaliy anjumanda Turkiya, Qirgʻiziston, Ozarbayjon, Tojikiston, Qozog‘iston, AQSh, Rossiya va boshqa davlatlardan 20 dan ortiq xorijlik olimlar ishtirok etmoqda.



©️ UrDPI matbuot xizmati