Close


UrDPI VA K.SH.TOKTOMAMATOV NOMIDAGI XALQARO UNIVERSITET O‘RTASIDA HAMKORLIK MEMORANDUMI IMZOLANDI


UrDPI va K.Sh.Toktomamatov nomidagi Xalqaro universitet o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi

Urganch davlat pedagogika instituti hamda Qirg‘iziston Respublikasining K.Sh.Toktomamatov nomidagi Xalqaro universiteti o‘rtasida xalqaro hamkorlik memorandumi imzolandi.

Mazkur memorandum ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasida ilmiy va oʻquv sohalarida hamkorlikni yanada rivojlantirish, o‘zaro tajriba almashish hamda qo‘shma loyihalarni amalga oshirishga qaratilgan boʻlib, unda ilmiy tadqiqotlar bo‘yicha hamkorlik, talaba va professor-o‘qituvchilar almashinuvi, qo‘shma konferensiyalar va seminarlarni tashkil etish, shuningdek, o‘quv dasturlari va madaniy loyihalarda hamkorlik kabi masalalar qamrab olingan.

© UrDPI matbuot xizmati

Ulashish: