Close


OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGINING QUYOSH PANELLARI SHTABI ISHCHI GURUHI A’ZOSI, TOSHKENT DAVLAT TEXNIKA UNIVERSITETI DOTSENTI ZOIR KENJAYEV URGANCH DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTIGA TASHRIF BUYURDI


  Xorazm viloyatidagi oliy taʼlim muassasalarida quyosh panellarining o‘rnatilishi va undan samarali foydalanish bo‘yicha tegishli amaliy yordam berish maqsadida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining quyosh panellari shtabi ishchi guruhi a’zosi, Toshkent davlat texnika universiteti dotsenti Zoir Kenjayev Urganch davlat pedagogika institutiga tashrif buyurdi. 

    Tashrif asnosida Zoir Kenjayev institutning Ishlar boshqarmasi boshlig‘i Ikrom Samandarov, Bosh muhandis Zafar Yo‘ldoshev, Texnik foydalanish va xo‘jalik bo‘limi boshlig‘i Habibulla Sitmetovlar bilan uchrashib, quyosh panellarining samaradorligi va quvvati haqida fikr-mulohazalarini bayon qildi.
    
     Shundan so‘ng mas’ullarimiz hamrohligida institut o‘quv binolarining tom qismiga oʻrnatilgan quyosh panellaring holati ko‘zdan kechirilib, tegishli tavsiyalar berildi.

  Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining Davlat oliy ta’lim muassasalariga 2023-yilda quyosh panellarini o‘rnatish dasturiga asosan institutning budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan 100 kVt/soat quyosh panellarini 2023-yilning 2-choragida o‘rnatish belgilanganligi va bugungi kunda reja o‘z vaqtida to‘liq bajarilgani alohida e’tirof qilindi.urspi.uz;OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGINING QUYOSH PANELLARI SHTABI ISHCHI GURUHI A’ZOSI, TOSHKENT DAVLAT TEXNIKA UNIVERSITETI DOTSENTI ZOIR KENJAYEV URGANCH DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTIGA TASHRIF BUYURDIurspi.uz;OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGINING QUYOSH PANELLARI SHTABI ISHCHI GURUHI A’ZOSI, TOSHKENT DAVLAT TEXNIKA UNIVERSITETI DOTSENTI ZOIR KENJAYEV URGANCH DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTIGA TASHRIF BUYURDIurspi.uz;OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGINING QUYOSH PANELLARI SHTABI ISHCHI GURUHI A’ZOSI, TOSHKENT DAVLAT TEXNIKA UNIVERSITETI DOTSENTI ZOIR KENJAYEV URGANCH DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTIGA TASHRIF BUYURDI

UrDPI Matbuot xizmati

Ulashish: