Close


UrDPIDA XOTIN-QIZLAR HUQUQLARINI HIMOYA QILISH – DOLZARB VAZIFA MAVZUSIDA DAVRA SUHBATI TASHKIL ETILDI.


UrDPIda xotin-qizlar huquqlarini himoya qilish – dolzarb vazifa mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

Urganch davlat pedagogika institutida talaba xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish, ta’lim muhitida xavfsizlik hamda o‘zaro hurmat muhitini mustahkamlash maqsadida davra suhbati tashkil etildi. Unda institut psixologlari M.Sa’dullayeva, M.Nazarova hamda profilaktika inspektori S.Qadamboyeva ishtirok etib, mavzu yuzasidan muhim fikr-mulohazalar bildirdilar.

Uchrashuv davomida xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlikning oldini olish, psixologik himoya va huquqiy yordam masalalari haqida batafsil ma’lumotlar berildi.

© UrDPI matbuot xizmati

Ulashish: