Close


UrDPIDA SUDYA VA YOSHLAR UCHRASHUVI TASHKIL ETILDI


UrDPIda sudya va yoshlar uchrashuvi tashkil etildi

Urganch davlat pedagogika institutida Jinoyat ishlari bo‘yicha Urganch tuman sudi sudyasi Xursand Xo‘jayev hamda institutning Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens-nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi boshlig‘i Adilbek Jumaniyozov ishtirokida uchrashuv o‘tkazildi.

Aniq va tabiiy fanlar fakulteti talaba-yoshlari bilan ochiq muloqot tarzida o‘tgan tadbir davomida qonunlarning inson hayotidagi o‘rni va ahamiyati, qonun va jamiyat o‘rtasidagi uzviy bog‘liqlik, shuningdek, yoshlarda korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatni shakllantirish masalalari yuzasidan atroflicha fikr almashildi.

Uchrashuv yakunida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga mutaxassislar tomonidan batafsil javob oldilar.

© UrDPI matbuot xizmati

Ulashish: