Close


URGANCH DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI KENGASHINING NAVBATDAGI YIG‘ILISHI BO‘LIB O‘TDI


Urganch davlat pedagogika instituti Kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

Bugun, 30-mart kuni, Urganch davlat pedagogika instituti Kengashining 8-sonli majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda institut rektori v.b.,  Kengash raisi Diyorjon Abdullayev hamda Kengash a’zolari ishtirok etdilar.

Yig‘ilish kun tartibida davlat attestatsiyasi, bitiruv malakaviy ishlari hamda magistrlik dissertatsiyalari himoyasiga tayyorgarlik jarayoni, yangi tashkil etiladigan ta’lim yo‘nalishlarini maxsus davlat akkreditatsiyasidan o‘tkazish, 2026-yil 1-choragida jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari bilan ishlash, nazorat va monitoring natijalari kabi bir qator masalalar yuzasidan axborot va hisobotlar tinglandi.

Yakunda institut professor-o‘qituvchilari tomonidan tayyorlangan qator darslik va o‘quv qo‘llanmalar Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Muvofiqlashtiruvchi Kengashga tavsiya etildi.

© UrDPI matbuot xizmati

Ulashish: