Close


URGANCH DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI TALABASI VILOYAT MIQYOSIDAGI YUGURISH MARAFONIDA G‘OLIB BO‘LDI!


Urganch davlat pedagogika instituti talabasi viloyat miqyosidagi yugurish marafonida g‘olib bo‘ldi!

Bugun, 31-mart kuni Xorazm viloyatida talaba-yoshlar o‘rtasida tashkil etilgan “Talaba — yugur” ko‘ngillilar yugurish musobaqasi bo‘lib o‘tdi. Unda Urganch davlat pedagogika instituti jamoasi faol ishtirok etdi.

Musobaqa yakunlariga ko‘ra, institutning Jismoniy madaniyat yo‘nalishi talabasi Yangiboyev Behruz 3 km masofaga yugurish yo‘nalishida 1-o‘rinni egalladi.

Yosh sportchimizni mazkur yutuq bilan samimiy muborakbod qilamiz hamda va yangidan-yangi g‘alabalar tilab qolamiz! 

© UrDPI matbuot xizmati

Ulashish: