Close
Skip to main content


STARTAP G'OYADAN AMALIYOTGA: MUHIM QADAMLAR VA IMKONIYATLAR


Startap g'oyadan amaliyotga: muhim qadamlar va imkoniyatlar

Bugun Urganch davlat pedagogika institutining iqtidorli talabalari bilan Innovatsion rivojlanish agentligining Startap ekotizimini rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘i Azizbek Ilhomov ishtirokida uchrashuv tashkil etildi. 

Uchrashuv davomida startap loyihani ilk bosqichdan boshlab bosqichma-bosqich rivojlantirish, g‘oyani to‘g‘ri yo‘naltirish hamda uni amaliy natijaga olib chiqish yo‘llari haqida batafsil ma’lumotlar berildi.

 Startap nima va uning an'anaviy biznesdan farqi;
 G‘oyani tekshirish va bozor talabini aniqlash usullari;
Ilk MVP (minimal viable product) yaratish jarayoni;
 O‘zbekistondagi grantlar, akseleratorlar va moliyaviy qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari

© UrDPI matbuot xizmati

 

Ulashish: