Bugun kechki payt Urganch davlat pedagogika instituti rektori v.b. Diyorjon Abdullayev Talabalar turar joyida istiqomat qilayotgan yoshlar bilan ochiq osmon ostida samimiy va ochiq muloqot o‘tkazdi.
Uchrashuv davomida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan masalalar, taklif va tashabbuslarini bildirish imkoniga ega bo‘lishdi. Rektor v.b. tomonidan yoshlarning fikr va mulohazalari diqqat bilan tinglanib, ularni qo‘llab-quvvatlash, yashash sharoitlarini yanada yaxshilash hamda ta’lim jarayonini takomillashtirishga qaratilgan muhim vazifalar belgilab olindi.
Mazkur uchrashuvlar yoshlar bilan bevosita muloqotni mustahkamlab, mavjud muammolarni joyida hal qilish hamda istiqboldagi vazifalarni belgilashga xizmat qiladi.



©️ UrDPI matbuot xizmati