Close
Skip to main content


UrDPIGA KOREYA TA’LIM MARKAZI DIREKTORI TASHRIF BUYURDI


UrDPIga Koreya ta’lim markazi direktori tashrif buyurdi

Bugun Urganch davlat pedagogika institutiga Koreya ta’lim markazi direktori Lee Young Woong, Ta’lim almashinuvi bo‘limi boshlig‘i Kim Marina hamda Koreys tili ta’limini qo‘llab-quvvatlash bo‘limi xodimi Tukhtamuradova Khonzoda tashrif buyurdilar.

Institut rektori v.b. Diyorjon Abdullayev boshchiligida institut mas’ullari hamda Koreya ta’lim markazi rahbariyati vakillari ishtirokida uchrashuv o‘tkazildi.

Uchrashuv davomida ikki tomon o‘rtasida hamkorlik aloqalarini rivojlantirish, ta’lim sohasidagi istiqbolli yo‘nalishlarni kengaytirish hamda o‘zaro tajriba almashish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, muzokaralar natijasida Xorijiy filologiya kafedrasida talabalar uchun ikkinchi til sifatida koreys tilini o‘qitishni yo‘lga qo‘yish masalasi muhokama qilindi. 

© UrDPI matbuot xizmati

Ulashish: