UrDPIda Amir Temur tavalludining 690 yilligi munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi
Ijtimoiy va amaliy fanlar fakultetining tashabbusi bilan tashkil etilgan mazkur tadbirni Urganch davlat pedagogika instituti rektori v.b D.Abdullayev kirish so‘zi bilan ochib berdi.
So‘zga chiqqanlar Amir Temur tavalludining 690 yilligi munosabati bilan buyuk sarkardaning yoshlar tarbiyasidagi o‘rni, uning boy tarixiy merosi, davlat boshqaruvidagi yuksak salohiyati, shuningdek, bunyodkorlik va adolatparvarlik faoliyati haqida batafsil ma’lumot berdilar.
Tadbir davomida Amir Temur hayoti va faoliyatiga bag‘ishlangan sahnaviy chiqishlar, tarixiy lavhalar hamda uning hikmatli so‘zlari asosida tayyorlangan badiiy kompozitsiyalar namoyish etildi. Shuningdek, buyuk ajdodimizning harbiy mahorati, strategik tafakkuri va ilm-fanga bo‘lgan e’tibori aks ettirilgan chiqishlar tadbir mazmunini yanada boyitdi.



©️ UrDPI matbuot xizmati