UrDPIda “Talabalar bahori – 2026” doirasida “Mushoira” tanlovining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi
Mazkur tanlovda viloyatdagi oliy ta’lim muassasalari talabalari ishtirok etib, ikki shart asosida o‘zaro bellashdilar. Hakamlar hay’ati tarkibida O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi Sh.Saburova hamda Ma’naviyat va ma’rifat markazi Urganch tuman bo‘linmasi rahbari G.Jabborova ishtirok etib, ishtirokchilarning chiqishlarini baholab bordilar.
Yakuniy natijalarga ko‘ra:
🥇 1-o‘rin — Qurolova Kumush (Urganch davlat pedagogika instituti)
🥈 2-o‘rin — Karimova Mahliyo (Urganch innovatsiya universiteti)
🥉 3-o‘rin — Baxtiyorova Hilola (Urganch davlat tibbiyot instituti)
Urganch davlat pedagogika instituti talabasi Qurolova Kumushni “Mushoira” tanlovining viloyat bosqichida faxrli 1-o‘rinni qo‘lga kiritgani bilan samimiy muborakbod etamiz.
Kelgusida yanada ulkan yutuqlar tilaymiz!



©️ UrDPI matbuot xizmati