Close
Skip to main content


URGANCH DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI VA POLSHANING ADAM MIKIYEVICH UNIVERSITETI O‘RTASIDA MEMORANDUM IMZOLANDI


Urganch davlat pedagogika instituti va Polshaning Adam Mikiyevich universiteti o‘rtasida memorandum imzolandi

Samarqand shahrida o‘tkazilayotgan “Markaziy Osiyo – Yevropa Ittifoqi universitetlari kongressi – 2026” doirasida Urganch davlat pedagogika instituti rektori v.b., professor Diyorjon Abdullayev hamda Polshaning nufuzli oliy ta’lim muassasalaridan biri – Adam Mikiyevich universiteti rektori Prof. Bogumila Kanievska o‘rtasida o‘zaro hamkorlik memorandumi imzolandi.

Mazkur memorandum professor-o‘qituvchilar va talabalar almashinuvi, qo‘shma ilmiy-tadqiqot loyihalarini amalga oshirish, xalqaro konferensiya va seminarlar tashkil etish, ta’lim sifatini xalqaro standartlar asosida rivojlantirish kabi bir qator masalalarni qamrab oladi.

© UrDPI matbuot xizmati

Ulashish: