Close
Skip to main content

URGANCH DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI VA URGANCH DAVLAT UNIVERSITETI HAMKORLIGIDA “XORIJIY TILLARNI O‘QITISHDA INTEGRATIV YONDASHUV: INNOVATSIYALAR VA ILG‘OR TAJRIBALAR” MAVZUSIDAGI XALQARO ILMIY KONFERENSIYA BO‘LIB O‘TDI.

Konferensiyani Urganch davlat universiteti rektori Feruza Madraximova hamda Urganch davlat pedagogika instituti rektori v.b Diyorjon Abdullayev kirish so‘zi bilan ochib berib, konferensiya ishtirokchilariga muvaffaqiyat tiladi.

Konferensiya davomida Al-Xorazmiy universitetining faxriy prezidenti Islam ElHadary, Urganch davlat pedagogika instituti Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori Umar Xo‘jamuratov, Urganch davlat universiteti Xalqaro aloqalar  bo'yicha prorektori Hikmatjon Matyaqubov, professor Jamila Ermetovalar so‘zga chiqib, xorijiy tillarni o‘qitishda integrativ yondashuv: innovatsiyalar va ilg‘or tajribalarini alohida ta’kidlab, bunday nufuzli anjumanlarning ilm-fan va ta’lim rivojidagi ahamiyatiga to‘xtaldi.

 Xalqaro ilmiy konferensiyada Hindiston, Xitoy, Turkiya, Rossiya, Sloveniya, Malaziya, Indoneziya va boshqa davlatlardan 20 dan ortiq xorijlik olimlar ishtirok etdi.

© UrDPI matbuot xizmati

Ulashish: